Old yon oynasi tusi o‘zgartirilgan xorijiy transportlaridan yig‘im undiriladi

eʼlon qilindi
Yig‘imni onlayn to‘lash imkoniyati joriy etildi
Old yon oynasi tusi o‘zgartirilgan xorijiy transportlaridan yig‘im undiriladi / Foto: Drom

Xorijiy avtotransportlarining faqat old yon oynalari tusi o‘zgartirilganidagina yig‘im undiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yig‘imlarni undirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, xorijiy davlat avtotransportlarini O‘zbekistonga vaqtincha kirishida yoki tranzit o‘tishda old, orqa yoki orqa yon oynalari tusini o‘zgartirganlik uchun yig‘im to‘lash bekor qilinadi, faqat old yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligi uchun yig‘im undiriladi.

Shuningdek, xorijiy fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yig‘imlarni bojxona postidagi bank kassalaridan tashqari «E-tranzit» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali QR-kod yordamida onlayn to‘lash imkoniyati joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek