O‘zbekistonga Yaqin Sharqdan vatandoshlarni qaytarish uchun 41 ta charter reys amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Madina va Jiddadan 36 ta reys orqali 7 988 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan
Foto: Getty Images

Bugun, 5-mart holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun jami 41 ta charter reys amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Bu ish Transport vazirligi xabar berdi.

Parvozlar Uzbekistan Airways, Centrum Air, Qanot Sharq, Fly One Asia, Fly Khiva va Air Samarqand aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirildi. Reyslar asosan Jidda, Madina va Dubay shaharlaridan Toshkent, Andijon, Namangan, Urganch va Qarshi yo‘nalishlariga bajarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Madina va Jiddadan 36 ta reys orqali 7 988 nafar, Dubaydan esa 5 ta reys orqali 838 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan.

Ayni paytda HY-334 Dubay–Toshkent va HY-338 Jidda–Toshkent (Uzbekistan Airways), C6-318 Jidda–Samarqand va C6-352 Dubay–Toshkent (Centrum Air), shuningdek HH-902 Dubay–Toshkent (Qanot Sharq) reyslari davom etmoqda.

Evakuatsiya jarayoni tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda parvozlar asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda. Havo hududi ochilgach, boshqa Yaqin Sharq davlatlaridan ham tezkor evakuatsiya rejalashtiriladi.

Shuningdek, Qatar, Bahrayn va Kuvayt bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda Saudiya Arabistoni orqali charter reyslar orqali ham vatandoshlarni olib kelish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston fuqarolariga reyslar haqida ma’lumotlarni faqat aviakompaniyalar rasmiy vakolatxonalari yoki saytlaridan tekshirish va tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilmaslik tavsiya qilinadi.

Yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish uchun O‘zaviatsiya agentligining koll-markazi 24/7 ishlamoqda: +998 (78) 120-00-72, +998 (71) 200-07-65.

Avvalroq «Kursiv» nashri Yaqin Sharqdagi harbiy ziddiyat tufayli Madina, Jidda va Dubay shaharlaridan amalga oshirilgan 256 ta parvoz orqali jami 5183 nafar O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek