Yangiliklar

Qamchiq dovonidagi qor qatlami 73 santimetrga yetdi

Bugunning o‘zida 20 sm qor yog‘di
Qamchiq dovonidagi qor qatlami 73 sm ga yetdi / Foto: «O‘zgidromet» agentligi

2026-yil 5-mart kuni Namangan viloyati, Pop tumani Qamchiq dovonida dengiz sathidan 2100-2200 metr balandlikda qor qatlami 73 smni tashkil qilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 4-mart kuniga nisbatan yana 20 sm yangi qor yog‘gan. Havo harorati 0 daraja bo‘lib, ayni paytda ham qor yog‘ishda davom etmoqda.

Mazkur holat hududda ob-havo sharoitining sovuq va qorli ekanligini ko‘rsatmoqda hamda sayohatchilar va yo‘l harakati ishtirokchilarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi.

FVV 5-mart soat 09:00 holatiga Qamchiq dovonida yomg‘ir v qor yog‘ayotganiga qaramasdan, vaziyatni yaxshi deya baholagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5-mart kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi haqida xabar qilgan edik.