Gadjetlar

Realme Narzo Power 5G smartfoni arzon narxda taqdim etildi

Narxi $260 dan boshlanadi
Realme Narzo Power 5G smartfoni arzon narxda taqdim etildi / Foto: Realme

Hindistonda Realme Narzo Power 5G smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Gizmochina texnonashri ma’lum qildi.

Foto: Realme

Qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi — 10 001 mAh sig‘imli akkumulyator va 80 Vt quvvatga ega tezkor quvvat olish imkoniyati. Shuningdek, qurilma 27 Vt quvvat bilan teskari simli quvvatlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa smartfonni boshqa qurilmalarni quvvatlash uchun mobil akkumulyatorga aylantiradi.

Foto: Realme

Realme Narzo Power 5G 6,8 dyuymli egri AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 144 Gts yangilanish chastotasi va 6500 kd/m² maksimal yorqinlikga ega. Ekranni Gorilla Glass 7i shishasi himoya qiladi. Qurilmaning apparat platformasi sifatida MediaTek Dimensity 7400 Ultra SoC ishlatilgan. Smartfon Android 16 operatsion tizimi va Realme UI 7.0 interfeysi bilan ishlaydi.

Foto: Helpix

Korpus IP66, IP68 va IP69 standartlariga muvofiq himoyalangan. Sotuvlar 5-martdan boshlanadi. Bazaviy versiyaning (8/128 GB) narxi chegirmalar bilan taxminan $260 ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme 16 Pro smartfonining Yevropa versiyasi taqdim etilgan edi.