Tenet T7 va T8 krossoverlari ikki zavodda ishlab chiqariladi

5-mart 2026 14:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tenet T7 va T8 krossoverlari ikki zavodda ishlab chiqariladi
Foto: News

Rossiyada Tenet T7 va T8 krossoverlarini ishlab chiqarish ikki zavodda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda avtomobillarga berilgan transport vositasi turini tasdiqlovchi hujjatlarda ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu modellar Kaluga viloyatidagi AGR zavodida ishlab chiqariladi. Hujjatlarda, shuningdek, Shusharidagi sobiq GM zavodi ham ishlab chiqarish maydoni sifatida ko‘rsatilgan. Har ikki model uchun OTTS 2026-yil 4-martdan 2027-yil 3-martgacha amal qiladi.

AGR kompaniyalar guruhi Tenet T7 va T8 ishlab chiqariladigan barcha zavodlar faoliyatini boshqaradi. Kompaniya avvalroq Tenet Plus nomi ostidagi yangi avtomobillar ham ushbu ikki zavodda ishlab chiqarilishini ma’lum qilgan.

Foto: Tenet

Tenet T7 modeli aslida Chery Tiggo 7L krossoverining lokalizatsiya qilingan versiyasi hisoblanadi. U old g‘ildirakdan tortuvchi va to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi variantlarda taklif etiladi. Avtomobil 1,6 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 150 ot kuchi ishlab chiqaradi. Dvigatel 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatma qutisi bilan ishlaydi.

Kattaroq Tenet T8 esa faqat to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi tizim bilan taqdim etiladi. U 2,0 litrli, 197 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va 7 pog‘onali robot uzatma bilan ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tenet 2026-yilda T9 krossoveri va A8 sedanini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek