Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 9,4 mingga yetdi

eʼlon qilindi
Havo hududi ochiq davlatlar orqali
Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 9,4 mingga yetdi / Foto: Arab Weekly

5-mart soat 10:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish ishlari doirasida jami 9361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonidan muntazam hamda qo‘shimcha charter reyslar orqali 8114 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan. Shuningdek, BAAdan 1192 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Bundan tashqari, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar hamda O‘mondan 7 nafar fuqaro vatanga xavfsiz yetkazildi.

Ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan davlatlardan yo‘lga qo‘yilgan. Mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham havo hududi ochilishi bilan evakuatsiya tadbirlari tezkor ravishda tashkil etilishi va davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Fuqarolar xotirjamlikni saqlashga, vahimaga berilmaslikka va vazmin harakat qilishga chaqirildi. Xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlardan esa mezbon davlatlarning ichki qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish hamda faqat O‘zbekiston davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tarqatayotgan rasmiy axborotga amal qilish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doha aeroportida qolib ketgan 50 ga yaqin o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilgan edi.

Shuningdek