389 km uzunlikdagi suv kanallari rekonstruktsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Sug‘oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi
389 km uzunlikdagi suv kanallari rekonstruktsiya qilinadi
Foto: Monitoring.meteio.uz

O‘zbekistonda 389 km uzunlikdagi suv kanallari rekonstruksiya qilish va betonlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Ushbu ishlar natijasida yillik 206 mln kub metr suv va 26 mln kVt/soat elektr energiyasi tejash kutilmoqda. Shuningdek, sug‘oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi.

Suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish ham ko‘zda tutilgan. Suv o‘tkazuvchi tarmoqlarning ta’mirlanishi va betonlashtirilishi, birinchi navbatda, «bir kanal – bir tizim» tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jarayon, ayniqsa, oldin betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallarda o‘z samarasini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan «To‘palang» suv omboriga 287 mln dollar sarflangani haqida yozgan edi.

Shuningdek