6-mart kuni metan «zapravkalar» ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun ishlaydi

eʼlon qilindi
Vazirlik bu choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilganini qayd etgan
11-fevraldan metan "zapravka"lar odatdagi ish rejimiga qaytadi
Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligi 6-mart kuni metan «zapravkalar» ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun ishlashi haqida ma’lum qildi. Vazirlik bu choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilganini qayd etdi.

O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va bir me’yorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur vazifalar amalga oshirilishi davomida energiya ta’minotida uzilishlar kamaytiriladi va aholi uchun zarur bo‘lgan xizmatlar uzluksiz ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 4 – 5-mart kunlari metan «zapravkalar» faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek