
BYD kompaniyasi tomonidan yangi Blade Battery 2.0 akkumulyatori taqdim etildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
«Flash Charging» (Tezkor zaryadlash) slogani bilan taqdim etilgan ushbu akkumulyatorni o‘ziga xos qiladigan bir nechta xususiyatlar mavjud. Ushbu batareya tezkor zaryadlash, sovuq havoda mustahkam ishlash va xavfsizlik bo‘yicha katta yutuqlarga erishgan.
Yangi akkumulyatorning asosiy xususiyati zaryadlash tezligi 10 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan zaryadlash faqat 5 daqiqani oladi, 10 foizdan 97 foizgacha esa faqat 9 daqiqa davom etadi.
Zaryadlash 97 foizdan to‘liq 100 foizgacha davom etmaydi, Qolgan 3 foiz akkumulyator tizimi tomonidan qayta energiya olish uchun ajratilgan. Bu avtomobilga zaryadlash stantsiyasidan chiqqach, darhol energiya tejash imkonini beradi.
Blade Battery 2.0 akkumulyatori -30°C darajaga qadar sovuqda zaryadlashni 12 daqiqagacha tezlashtirdi, bu esa boshqa raqobatchilardan farq qiladi. 20 foizdan 97 foizgacha bo‘lgan zaryadlash esa oddiy haroratdagi holatga nisbatan faqat 3 daqiqa ko‘proq vaqtni oladi.
Denza Z9GT modeli, 1036 km masofani qamrab olgan ushbu yangi batareyadan foydalanadigan birinchi avtomobil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Denza Z9 GT elektromobili 1000 kmdan ortiq yurish zaxirasiga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.