Dollar hafta davomida qanday o‘zgarish ko‘rsatdi

AQSh valyutasi mart oyining ilk haftasida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. «Kursiv» dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari haqidagi maqolasini taqdim etadi.
2-mart, haftaning ilk kunida dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni, 3-mart kuni esa 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. 4-mart kuni 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetdi.
Payshanba kunidan boshlab AQSh valyutasida pasayish kuzatildi. 5-mart kuni dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni, 6-mart kuni esa 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni tashkil qildi. Jami hisobda dollar narxi hafta davomida 3,35 so‘mga oshdi.

Savdo hajmi qanchani tashkil etdi
Valyuta birjasining har kunlik e’lon qilingan hisobotlariga ko‘ra, hafta davomida jami 8,61 trln so‘mlik dollar savdosi amalga oshirildi.
Xaridlar hajmining jadvali:
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 10-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.