Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi: 10-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

10-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
2-mart kuni dollar 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18 so‘mni, 3-mart kuni 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. 4-mart kuni 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetdi. 5-mart kuni dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni, 6-mart kuni esa 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 12,08 so‘mga oshib, 14 181,62 so‘mni, rubl 1,65 so‘mga tushib, 155,08 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.