Yangiliklar

Eron hujumi ortidan Ozarbayjon qurolli kuchlari toʻliq jangovar holatga keltirildi

So‘nggi tafsilotlarga ko‘ra, voqea natijasida to‘rt kishi jarohatlangan
Foto: depositphotos.com

Eronning Naxichevonga dronlar orqali uyushtirilgan hujumi ortidan Ozarbayjon qurolli kuchlari toʻliq jangovar holatga keltirildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Prezident Ilhom Aliyev Xavfsizlik kengashida rejim haqida ma’lumot berib, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, Davlat chegara xizmati va maxsus boʻlinmalar toʻliq jangovar holatga keltirilganini ta’kidladi.

5-martda Eron dronlar orqali Naxichevon hududiga hujum qilgan edi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga koʻra, toʻrt dronning biri yoʻq qilingan, qolganlari esa fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazgan. Biri Naxichevon xalqaro aeroportiga, ikkinchisi esa Shakarabad qishlogʻidagi maktab yoniga qulagan.

Mamlakat Bosh prokuraturasi hujum boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatgan, Tashqi ishlar vazirligi esa Eron elchisini chaqirib, norozilik notasi topshirgan. So‘nggi tafsilotlarga ko‘ra, voqea natijasida toʻrt kishi jarohatlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ozarbayjonning Erondagi diplomatik xodimlarini evakuatsiya qilishi haqida xabar bergan edi.