Mart oyida qayerda qor yog‘adi: «O‘zgidromet» ogohlantirdi

Joriy yilning 9 – 12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
9 – 11-martda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi.
Respublikning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Bu davrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

10 – 12-mart kunlari havo harorati respublikaning shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha pasayishi, kunduz kunlari esa 0-3 daraja sovuqqacha tushishi mumkin. Qolgan hududlarda 11 – 12-martda kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari esa 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 6-mart kuni qaysi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi haqida yozgan edi.