Yangiliklar

Messi va Tramp uchrashuvi, Yaqin Sharqdagi o‘limlar, Shomurodovning transfer narxi — 6-mart kungi yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Toshkent
6-mart kungi yangiliklar dayjesti / Foto: Maria Baranova / Unsplash
Qamchiq dovoni
Foto: YHXX matbuot xizmati

Qamchiq dovonidan o‘tadigan yo‘l uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi
Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi / Foto: Reuters

Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi

5-mart holatiga, Yaqin Sharqda AQSh-Isroil va Eron urushi oqibatida qator mamlakatlardan jami 1348 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Lionel Messi Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi

Lionel Messi va «Inter Mayami» klubi futbolchilari Vashingtondagi Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuv jamoaning MLS kubogidagi ilk g‘alabasiga bag‘ishlandi.

Foto: Abbas Zakeri / Mehr News

Eron maktabiga qilingan hujum ortidan AQShda harbiy tergov boshlandi

28-fevral kuni Eron janubidagi qizlar maktabiga qilingan zarbaga AQSh kuchlari javobgar bo‘lishi mumkin. Hozirda AQSh harbiy tergovchilari surishtiruvni davom ettirmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Hosilbek Eshnazarovga uch xonali uy berildi
Foto: IIV

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uy berildi

Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Hosilbek Eshnazarovning oilasiga uch xonali uy berildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: sportarena.kz

Eldor Shomurodovning transfer narxi ikki million yevroga oshdi

Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning yangilangan transfer qiymatini e’lon qildi.

Telegram оштрафован на $50 тыс. за отказ удалить запрещенную информацию
Фото: Eyestetix Studio / Unsplash

Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi

Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonda yangi uylar «aqlli» suv hisoblagichlari bilan majburiy jihozlanadi

2027-yildan boshlab O‘zbekistonda quriladigan yangi ko‘p kvartirali turarjoy binolarida zamonaviy elektron ichimlik suvi hisoblagichlarini o‘rnatish majburiy bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bu talab prezidentning 24-fevraldagi farmonida belgilangan.

«Yangi hayot» dasturi orqali jazoni o‘tayotgan ayollar kasb-ta’limga yo‘naltiriladi
«Yangi hayot» dasturi orqali mahbus ayollar kasb-ta’limga yo‘naltiriladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

«Yangi hayot» dasturi orqali mahbus ayollar kasb-ta’limga yo‘naltiriladi

«Yangi hayot» dasturi orqali jazoni o‘tayotgan ayollarga kasb-ta’lim imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimda ma’lum qilindi.