Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

eʼlon qilindi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
DXX videosidan ekran tasviri

Oliy ta’lim vazirligining ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi xodimi $100 ming olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

U Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan $100 ming talab qilgan.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda vazirlikning yetakchi mutaxassisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada qariyb 21 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek