O‘zbekiston «Parlamentdagi ayollar» reytingida 92 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqining «Parlamentdagi ayollar» reytingida 92 pog‘ona yuqorilab, 36-o‘rinni egalladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi marosimda qayd etildi.
«Gender tenglik va boshqaruv» indeksida esa O‘zbekiston 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi. Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun» indeksida esa o‘z pozitsiyasini 43 pog‘onaga yaxshilab, 48-o‘ringa chiqdi.
Mamlakatda 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi shakllangan. Shuningdek, fermer ayollarning soni 12 ming nafardan, ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan olimalar esa 6 ming nafardan oshdi. O‘tgan yili dunyo arenalarida sportchi qizlar 167 ta oltin, 193 ta kumush, va 243 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev ayollar va bolalarni himoya qilish bo‘yicha yangi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.