Yangiliklar

Pavel Durovning TikTok akkaunti bloklandi

Uning sahifasida 156 ming obunachi bo‘lgan
Pavel Durov Cocoon tarmog‘ini ishga tushirdi
Foto: TWS

Telegram asoschisi Pavel Durovning TikTokdagi akkaunti bloklandi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, akkauntga kirish imkoni yoʻq, sahifada «akkaunt bloklangan» degan xabar koʻrinadi. Uning sahifasida 156 ming obunachi bo‘lgan.

Durovning TikTok akkaunti (user77701180029) Instagram profilining bosh sahifasida joylashgan. TikTokʼdagi sahifada obunachilar soni va likeʼlar koʻrsatilmoqda, ammo videolar mavjud emas. Instagram esa Meta kompaniyasiga tegishli va Rossiyada ekstremistik tashkilot deb eʼlon qilingan.

Yanvar oyining oxirida Durov TikTok kontenti miyani buzadi deb taʼkidlagan va u bu platformani oʻzi tomosha qilmasligini maʼlum qilgan edi. Shuningdek, Durov mobil telefonlardan doimiy foydalanishni xavfli deb hisoblaydi, chunki telefonlar xavfsizlikka tahdid soladi va diqqatni chalgʻitadi. U biror narsaga diqqatini jamlash kerak boʻlganda noutbuk yoki iPadʼdan foydalanishni afzal koʻradi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya rasmiylari Telegram messenjerini bloklash muddatlari boʻyicha yakuniy qarorga kelgani aytilmoqda. Manbalarga koʻra, messenjer faoliyati aprel oyining dastlabki kunlarida cheklanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada Telegram qariyb $140 mingga jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.