Samsung cho‘ziluvchan ekranli yangi smartfonni namoyish etdi

eʼlon qilindi
Qurilmani yon tomonga tortish orqali ekran kengayib, 6,7 dyuymgacha kattalashadi
Foto: Android Authority

Samsung kompaniyasi buklanadigan smartfonlardan keyingi yangi format ustida ishlamoqda. Kompaniya Mobile World Congress 2026 ko‘rgazmasida cho‘ziluvchan ekranli smartfon prototipini taqdim etdi, deya yozmoqda Android Authority nashri.

Samsung slidable display MWC 2026 demo

Yangi konsepsiya qanday ishlaydi

Kompaniyaning displey bo‘limi — Samsung Display stendida Mobile Slidable deb nomlangan qurilma namoyish qilindi. Ushbu prototip oddiy ko‘rinishda 5,1 dyuymli ekran bilan ishlaydi. Qurilmani yon tomonga tortish orqali ekran kengayib, 6,7 dyuymgacha kattalashadi.

Foto: Android Authority

Boshlang‘ich holatda displey 16:9 nisbatga ega bo‘lsa, kengaytirilganda 22:9 formatga o‘tadi. Bu esa smartfonni video tomosha qilish yoki ko‘p vazifali rejimda ishlatishda yanada qulayroq qilish imkonini beradi.

Texnik tafsilotlar

Texnologiya tafsilotlari to‘liq oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, jurnalistlar ekran parametrlari haqida ayrim ma’lumotlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Displey 1080×2640 piksel aniqlikka ega bo‘lib, piksel zichligi 426 ppi ni tashkil etadi.

Bozorga chiqadimi

Hozircha bu qurilma faqat prototip sifatida namoyish etilgan va uning yaqin orada sotuvga chiqishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Shunga qaramay, cho‘ziluvchan ekran texnologiyasi foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lishi va hatto buklanadigan smartfonlarga nisbatan mustahkamroq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S26 Ultra ekranida muammolar kuzatilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek