Gadjetlar

Samsung eng arzon smartfonlarining narxini oshirdi

Bu chora xotira chiplarining narxi oshgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin
Samsung eng arzon smartfonlarining narxini oshirdi
Foto: Sammobile

Samsung Hindistondagi eng arzon va o‘rta narxdagi Galaxy A06 5G, A17, F17, F36, M17 va M36 modellarining oshirdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Narx oshishining rasmiy sabablari haqida ma’lumot berilmagan, ammo Sammobile resursining taxmin qilishicha, bu chora xotira chiplarining narxi oshgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Narxlar qanchaga oshdi:

ModelNarx o‘sishi (rupiya)Narx o‘sishi ($)
Galaxy A171500 – 3000 rupiy$16 – $32
Galaxy M36500 – 1500 rupiy$8 – $16
Galaxy F36500 – 1500 rupiy$8 – $16
Galaxy A06 5G500 rupiy$8
Galaxy F17500 – 1000 rupiy$8 – $16
Galaxy M17500 – 1000 rupiy$8 – $16

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri $11 minglik Samsung Galaxy S26 Ultra taqdim etilgani haqida yozgan edi.