
Chevrolet Spark elektromobili 2026 World Car Awards mukofotining finalida ishtirok etadi. Bu haqda GMAutority nashri ma’lum qildi.
98 nafar avtomobil jurnalistlaridan iborat hakamlar 33 ta mamlakatdan kelgan bo‘lib, ular yashirin ovoz berish orqali uchta finalistni tanlashgan. Chevrolet Spark Baojun Yep Plus Firefly va Hyundai Venue kabi modellardan kuchli raqobatni kutmoqda.

Spark EUV, SGMW arxitekturasi asosida yaratilgan. U Meksika, Braziliya va Yaqin Sharq bozorlarida Chevroletning boshlang‘ich darajasidagi elektr krossoveri sifatida sotiladi. Baojun Yep Plus esa noodatiy dizayni bilan Xitoy va boshqa Osiyo-Tinch okeani davlatlaridagi iste’molchilarga mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Spark elektromobilining O‘zbekistonda ishlab chiqarilish rejalari haqida yozgan edi.