Yangiliklar

Yangi BYD Sealion 06 EV model taqdim etildi

Modelning maksimal harakatlanish masofasi 710 kilometrni tashkil qiladi
Foto: Autohome

BYD kompaniyasi o‘zining yangilangan Sealion 06 EV modelini taqdim etdi. Yangi avtomobil to‘rt xil variantda taklif etilmoqda va narxi 159,9 ming yuandan ($23,2 ming) boshlanadi.

Yangi Sealion 06 EV to‘rt xil: 605 Navigator Edition (159,9 ming yuan / $23,2 ming), 710 Voyager Edition (168,9 ming yuan / $24,5 ming), 605 Flagship Edition (168,9 ming yuan / $24,5 ming) hamda 710 Voyager Flagship Edition (179,9 ming yuan / $26,1 ming) versiyalarida ishlab chiqariladi.

carnewschina.com

Avtomobil avvalgi modelning dizaynini saqlab qolgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan sezilarli darajada yangilangan. Asosiy yangiliklardan biri taqillatib ochiladigan old bagaj bo‘lib, xaridorlar qo‘shimcha to‘lov evaziga avtonom boshqaruv tizimi uchun tomga o‘rnatiladigan lidar buyurtma qilishlari mumkin.

Foto: carnewschina.com
carnewschina.com

Avtomobilning uzunligi 4,8 m, kengligi 1,9 m, balandligi 1,6 m va g‘ildiraklar bazasi 2820 mm ga teng. Salon qismida yangi Twilight Blue rang qo‘shilgan. Markaziy boshqaruv tizimi 15,6 dyuymli ekran va yangi DiLink 6.0 operatsion tizimi bilan jihozlangan.

carnewschina.com
carnewschina.com

Shuningdek, avtomobilda W-HUD proyeksiyali displey, 50W quvvatli simsiz zaryadlash qurilmasi, isitish va sovitish tizimi va 12 ta karnayli Dynaudio audiotizimi mavjud.

carnewschina.com
carnewschina.com

Tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha modellar DiSus-C aqlli kuzov boshqaruv tizimi bilan standart tarzda jihozlangan. Boshqaruv xavfsizligini ta’minlash maqsadida standart modellarda God’s Eye C tizimi o‘rnatilgan bo‘lsa, lidar bilan jihozlangan versiyalarda shahar va trassalarda harakatlanishni osonlashtiruvchi rivojlangan Eye of God 5.0 avtonom boshqaruv tizimi mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD ikkita modelini yangilagani haqida xabar bergan edi.