Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘ldi

5-mart holatiga, Yaqin Sharqda AQSh-Isroil va Eron urushi oqibatida qator mamlakatlardan jami 1348 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, urushning birinchi kunida mamlakat janubidagi Minab shahrida boshlang‘ich maktabga raketa zarbasi berilganda 175 maktab qizi va xodimlar halok bo‘lgan. Umumiy o‘limlar soni kamida 1230 kishini tashkil etadi.
Isroilda 1-mart kuni Quddus yaqinidagi Beit Shemesh shahrida Eron raketasi zarbasi natijasida 9 kishi halok bo‘lgan, jami o‘n fuqaro o‘limi qayd etilgan. Isroil Mudofaa kuchlari harbiy yo‘qotishlar haqida ma’lumot bermagan.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishichaa, Isroil zarbalari natijasida kamida 77 kishi halok bo‘lgan. Bahrayndagi Salman Sanoat shahrida raketa to‘sib olinganidan so‘ng yong‘in kelib chiqib, 1 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Kuvaytda Eron hujumlari natijasida 3 kishi, jumladan 2 kuvaytlik askar o‘lgan. Ummonning Maskat qirg‘oqlarida Marshall orollari bayrog‘idagi MKD VYOM tankeriga zarba oqibatidan 1 kishi dunyodan ko‘z yumgan. Birlashgan Arab Amirliklarida esa 3 kishi o‘limi qayd etilgan.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kuveytdagi obyektga berilgan zarbada 6 nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Suriyaning janubidagi Sveida shahrida Eron raketasining binoga zarbasi oqibatida 4 kishi vafot etgan.

Iroq sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda kamida 13 kishi halok bo‘lgan, jumladan 11 militsiya xodimi, 1 harbiy va 1 fuqaro.
Ma’lumot uchun, halok bo‘lganlar, jabrlanganlar yoki zarar ko‘rganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi notinchliklar global aviatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida yozgan edik.