
Chexiyaning Praga shahrida oʻtkazilgan Prague International Chess Festival 2026 turnirining Masters guruhida oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Turnirning soʻnggi 9-turida Abdusattorov amerikalik Xans Nimannga qarshi dona surib, 34-yurishda murosa yoʻlini tanladi. Umumiy hisobda u 5,5 ochko jamgʻarishga erishdi.
Gʻoliblikka da’vogar Jorden van Forest esa eronlik Parham Maghsoodluga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi oʻrinda yakunlashga majbur boʻldi.

Yana bir oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev esa oxirgi turda germaniyalik Vinsent Keymerni magʻlub etdi va toʻrtinchi oʻrindan joy oldi.
Abdusattorovning mazkur gʻalabasi uni FIDE reytingida 2780 ballga yetkazib, Top – 4 talikka qoʻshilishiga yordam berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatida 3-oʻrinni egallagani haqida xabar bergan edi.