Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oshdi, Xitoy milliarderlar soni boʻyicha AQShni ortda qoldirdi — 7-mart kungi yangiliklar dayjesti

Kursiv Uzbekistan 7-mart kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.
Nodirbek Abdusattorov Prague International Chess Festival 2026 turnirining gʻolibi boʻldi

Chexiyaning Praga shahrida oʻtkazilgan Prague International Chess Festival 2026 turnirining Masters guruhida oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Turnirning soʻnggi 9-turida Abdusattorov amerikalik Xans Nimannga qarshi dona surib, 34-yurishda murosa yoʻlini tanladi. Umumiy hisobda u 5,5 ochko jamgʻarishga erishdi.
Indoneziya ham 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklamoqda

Indoneziya hukumati 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishga yoshga oid cheklovlar joriy etadi. Ushbu cheklovlar 28-martdan boshlab kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Variety nashri.
Indoneziya aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri bolalar uchun akkauntlarni deaktivatsiya qilish jarayoni 28-martdan boshlanishini ma’lum qildi. U ushbu qarorni onlayn pornoqrafiya, kiberbulling, onlayn firibgarlik va internetga qaramlik kabi tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekord darajaga yetdi — 77 mlrd dollar

Qozog‘istonda go‘shtning qimmatligi O‘zbekistonga eksport bilan izohlandi

Qozogʻistonda goʻsht narxining oshishi qoʻshni davlatlarga, xususan, Oʻzbekistonga faol eksport qilinayotgani bilan bogʻliq. Bu haqda Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Yerbol Tasjurekov ma’lum qildi.
Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonda goʻsht tanqisligi yoʻq, ammo mol goʻshtining katta qismi eksportga chiqarilmoqda, shu bilan narxlar yuqori darajada qolmoqda.
Messining «Inter Mayami»dagi yillik maoshi ochiqlandi

Sakkiz karra «Oltin toʻp» sohibi Lionel Messining «Inter Mayami» klubidagi yillik maoshi $70 – 80 million atrofida ekanligi ochiqlandi. Bu haqda jamoa ta’sischilaridan biri Xorxe Mas Bloomberg nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Xorxe Masning soʻzlariga koʻra, Messi $70 – 80 millionni tashkil etadigan maoshni olishga toʻla haqli. U Messi bilan tuzilgan shartnoma va uning yillik xarajatlarining qanday shakllanishi haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Xitoy milliarderlar soni boʻyicha AQShni ortda qoldirdi

Xitoy milliarderlar soni boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarini ortda qoldirib, yana dunyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda Hurun Global Rich List 2026 hisobotida maʼlum qilindi.
Hisobotga koʻra, dunyodagi milliarderlar soni ilk bor4 minglik chegaradan oshdi. Xitoyda 1,1 ming nafar milliarder istiqomat qiladi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 287 kishiga koʻp. AQSh 1 ming nafar milliarder bilan ikkinchi oʻrinni egalladi (+130). Hindiston esa 308 milliarder bilan reytingning uchinchi pogʻonasida qayd etildi.