Qishki Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi qanday o‘tdi — foto, video

eʼlon qilindi
Muxbir
Musobaqada mamlakat sharafini Yulduz Mahmudova va Firdavs Xudoyatov himoya qiladi
Foto: Getty Images

Qishki Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 6-mart kuni Rimdagi «Arena di Verona» amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.

🇮🇹 Milano Cortina 2026: You Don

11 ta davlat delegatsiyasi, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Ukraina tomoni Rossiya hamda Belarus sportchilarining o‘yinlarga neytral maqomda kiritilishi sababli an’anaviy sportchilar paradini boykot qildi. Ushbu davlatlarning ko‘ngillilari stadiondan bayroqlarni olib o‘tishdi.

Shuningdek, Eron terma jamoasi ham Paralimpiadada ishtirok etmadi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining bayonotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi sababli Eronning yagona chang‘ichi Italiyaga xavfsiz yetib kela olmagan.

Boykotlarga qaramay XPQ rahbariyati paralimpiya harakati siyosatdan chetda qolishga intilayotganini ta’kidladi.

Foto: O’zbekiston milliy paralimpiya qo’mitasi

Italiyada bo‘lib o‘tadigan qishki o‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Milliy delegatsiya para tog‘ chang‘isi bo‘yicha ikkita litsenziyani qo‘lga kiritgan.

Musobaqada mamlakat sharafini Yulduz Mahmudova va Firdavs Xudoyatov himoya qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Milan-Kortina 2026 qishki Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek