Yangiliklar

Qozog‘istonda go‘shtning qimmatligi O‘zbekistonga eksport bilan izohlandi

Qozog‘istonning go‘sht yetishtirish hajmi yiliga 430 ming tonnani tashkil etadi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Qozogʻistonda goʻsht narxining oshishi qoʻshni davlatlarga, xususan, Oʻzbekistonga faol eksport qilinayotgani bilan bogʻliq. Bu haqda Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Yerbol Tasjurekov ma’lum qildi.

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonda goʻsht tanqisligi yoʻq, ammo mol goʻshtining katta qismi eksportga chiqarilmoqda, shu bilan narxlar yuqori darajada qolmoqda.

«Yaqin atrofdagi davlatlarga, xususan, Oʻzbekistonga katta eksport ketmoqda, chunki bizning goʻsht mahsulotimiz katta talabga ega», – dedi Tasjurekov.

Qozogʻistonning goʻsht yetishtirish hajmi yiliga 430 ming tonnani tashkil etadi. Bozorning ehtiyoji esa taxminan 400 ming tonnani tashkil qiladi. Ortib qolgan goʻsht mahsulotlari eksportga chiqariladi.

Shuningdek, Tasjurekov yaqin uch yil ichida mamlakatda chorvachilikni rivojlantirishga qoʻshimcha turtki beradigan yangi kompleks reja qabul qilinishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Oʻzbekiston Qozogʻistondan jami $189,9 millionlik 66,1 tonna yangi, muzlatilgan va sovitilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlarini import qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston koʻplab Osiyo davlatlariga goʻsht yetkazib beruvchi davlatga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.