8-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan ishlay boshlaydi

eʼlon qilindi
Metan zapravkalar belgilangan vaqtdan boshlab avtomobillarga gaz quyishni boshlaydi
8-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan ishlay boshlaydi
Foto: Upl.uz

Bugun, 8-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, metan «zapravka»lar belgilangan vaqtdan boshlab avtomobillarga gaz quyishni boshlaydi. Stansiyalar odatdagi tartibda ishlashi kutilmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri 7-mart kuni metan «zapravka»lar faqatgina 6 soat davomida ishlagani haqida yozgan edi.

Farg‘ona vodiysida esa «zapravka»larining ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda gaz bosimi darajasiga qarab belgilangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, gaz bosimi pasaygan paytlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transporti va ijtimoiy obyektlarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minotning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek