Avto

Chevrolet Tracker avtomobili uchun chegirmalar e’lon qilindi — narx

Takliflar 31-martgacha amal qiladi
Chevrolet Tracker avtomobili uchun chegirmalar e’lon qilindi — narx
Foto: Chevrolet / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

AQShda Chevrolet kompaniyasi 2026-yil mart oyida Chevrolet Tracker modeli uchun yangi chegirma va moliyalashtirish aksiyalarini taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda. Takliflar 31-martgacha amal qiladi.

Kompaniya xaridorlarga past foizli kredit va qo‘shimcha chegirmalar taklif etmoqda. 2026-yilgi Tracker modeli uchun 2,9 foizlik kredit stavkasi 48 oygacha beriladi. Shuningdek, avtomobil xarid qilgan mijozlar uchun dastlabki 90 kun davomida oylik to‘lov talab etilmaydi.

Foto: Chevrolet

Xaridorlar $500 miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chegirma olishi mumkin. Agar avtomobil kredit orqali rasmiylashtirilsa, yana $500 qo‘shimcha chegirma beriladi. Natijada umumiy chegirma miqdori $1 minggacha yetadi.

Model uchun lizing dasturi ham taklif qilinmoqda. Tracker LT versiyasini 24 oyga oyiga $309 to‘lab ijaraga olish mumkin. Shartnoma imzolashda $2,6 ming boshlang‘ich to‘lov talab etiladi. Yiliga 10 ming mil yurish limiti belgilangan.

Foto: Chevrolet

Boshqa maxsus lizing taklifida esa oyiga $299 to‘lov bilan 24 oylik ijara beriladi. Bu taklif ayrim General Motors xodimlari va ularning oila a’zolari uchun mo‘ljallangan. 2026-yilgi Trax modeli narxi $23,5 mingdan boshlanadi. Eng qimmat versiya $27,2 ming atrofida baholangan. Model LS, 1RS, LT, 2RS va Activ komplektatsiyalarida taklif etiladi.

Foto: Chevrolet

Krossover 1,2 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Dvigatel 137 ot kuchi ishlab chiqaradi. Maksimal aylanish momenti 162 lb-ft’ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker Midnight nega ommalashayotgani haqida yozgan edi.