Eng kuchli Android smartfonlari qaysilar

8-mart 2026 13:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng kuchli Android smartfonlari qaysilar
Rasm Grok yordamida yaratilgan

AnTuTu platformasi fevral oyi uchun eng kuchli Android smartfonlari reytingini e’lon qildi. Natijalar fevral oyi davomida o‘tkazilgan testlarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida tuzilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Honor Power 2 egalladi. Qurilma AnTuTu testida o‘rtacha 2,2 mln ball to‘plagan. Smartfon MediaTek Dimensity 8500 Elite protsessori asosida ishlaydi. Chip Cortex-A725 yadrolari arxitekturasiga ega bo‘lib, yuqori ishlash tezligi bilan ajralib turadi.

Modelning asosiy xususiyatlaridan biri — juda katta batareya. Qurilma 10 080 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shunga qaramay, smartfon korpusi atigi 7,98 mm qalinlikdan iborat.

Foto: AnTuTu

Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Oppo Reno 15 Pro hamda Oppo Reno 15 egalladi. Ularning natijalari mos ravishda 2,11 mln va 2,1 ballni tashkil etdi. Ikkala model ham Dimensity 8400-Max chipi bilan jihozlangan.

To‘rtinchi o‘rinni Redmi Turbo 5 egalladi. Qurilma Dimensity 8500 Ultra protsessoriga ega bo‘lib, testda 2 mln ball qayd etgan.

Keyingi o‘rinlarda esa avvalroq taqdim etilgan Oppo Reno 14 Pro, iQOO Z10 Turbo va Redmi Turbo 4 kabi smartfonlar joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri narx va samaradorlik bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek