Saida Mirziyoyeva: ayollar haqida stereotiplardan voz kechish vaqti kelgan

eʼlon qilindi
Ayollar yetakchiligining kengayishi jamiyat rivojiga ham katta hissa qo‘shadi
Saida Mirziyoyeva: ayollar haqida stereotiplardan voz kechish vaqti kelgan
Foto: Instagram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston ayollar va xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan qutladi. U o‘zining Telegram-kanalida post joyladi.

Mirziyoyevaning ta’kidlanishicha, zamonaviy jamiyatda ayollar faqat oilada emas, balki davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etmoqda. Bugun ular IT va texnologiyalar, biznes, ilm-fan, sport va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda yetakchi sifatida namoyon bo‘layotir.

Ayollar yetakchiligining kengayishi jamiyat rivojiga ham katta hissa qo‘shadi. Bu kuchli iqtisodiyot shakllanishiga xizmat qiladi va o‘zaro hurmatga asoslangan mustahkam oilalarni yaratishga yordam beradi.

Unga ko‘ra, ayollarning faol va teng huquqli ishtiroki insonlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Bu esa mamlakat tinchligi va barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

«Kuchli iqtisodiyot hamda o‘zaro hurmatga qurilgan mustahkam oilalar demakdir. Bu – insonning o‘ziga va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi. Bu – davlatimiz osoyishtaligi va qudrati. Opa-singillarim, barchangizni bag‘rimga bosaman», — deya qayd etgan Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva Administratsiyada kadrlar tarkibini yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek