O‘zbekiston ayollar termasi tarixda ilk bor Osiyo kubogi chorak finalida

eʼlon qilindi
Bangladesh ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba jamoaga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi
Foto: O‘FA

9-mart kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Bangladesh ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija evaziga o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z tarixida birinchi marta musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Birinchi bo‘limning 10-daqiqasida Diyoraxon Habibullayeva hisobni ochdi. Ikkinchi taym ancha sermahsul o‘tdi. Xususan, 62 va 66-daqiqalarda Dildora Nozimova dubl qayd etib, hisobni 0:3 ko‘rinishiga keltirdi. 88-daqiqa Nilufar Qudratova o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi – 0:4.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston vakillari «B» guruhida jami 3 ochko to‘plab, yakuniy jadvalda uchinchi o‘rinni band etdi. Guruhda Xitoy terma jamoasi 100 foizlik natija qayd etib, 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shimoliy Koreya vakillari esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo kubogi doirasida O‘zbekiston ayollar termasi Shimoliy Koreyaga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek