O‘zbekistonlik bokschilar Futures Cup turnirining ilk kunida 4 ta g‘alaba qozondi

9-mart 2026 08:52 eʼlon qilindi

(9-mart 2026 15:23 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

8-mart kuni Tailandda boks bo‘yicha xalqaro Futures Cup musobaqasiga start berildi. Turnirning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘z raqiblarini mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sabrina Chakomanova xitoylik Vang Yaorunyu bilan kuch sinashdi. Qizg‘in kechgan bahs yakunida o‘zbekistonlik sportchi 3:2 hisobida zafar quchdi va terma jamoa uchun dastlabki g‘alabani taqdim qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ham ijobiy natijalar qayd etildi. Xususan, -50 kg vaznda Abdug‘ani Yorqinjonov armanistonlik Tigran Kirakosyanni, -60 kg vaznda esa Bobomurod Boymirzayev gonkonglik Jefet Ordonezni bir xil — 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Kunning so‘nggi bahsi -70 kg vazn toifasida o‘tkazilib, unda Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev Yangi zelandiyalik Noa Kolliyerga qarshi ringga chiqdi. Ushbu jangda O‘zbekiston vakili 4:1 hisobida ustun keldi va shu tariqa jamoa kunni yuz foizlik natija bilan yakunladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Strandja musobaqasida o‘zbekistonlik bokschilar uchta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek