10-martdan metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bu choralar gaz ta’minoti barqarorligini saqlash uchun vaqtincha joriy etilmoqda
10-martdan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Seshanba, 10-mart soat 16:00 dan metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi sabab tabiiy gazga bo‘lgan talab oshganini qayd etdi. Magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Mazkur chora, avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz davom ettiriladi. Energetika vazirligiga ko‘ra, bu choralar gaz ta’minoti barqarorligini saqlash uchun vaqtincha joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 8-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan ishlay boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek