2025-yilda O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

2025-yilda O‘zbekistonda 879,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar – dekabr oylariga nisbatan 46,8 mingtaga kam.
Unga ko‘ra, eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan hududlar ro‘yxatida Namangan shahri 18,5 mingta ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Urgut tumani — 16,2 mingta, Andijon shahri — 14,6 mingta, Denov tumani — 12,4 mingta va Samarqand shahri — 11,8 mingta qayd etildi.
Ro‘yxatning keyingi pog‘onalarida esa Pastdarg‘om tumani — 9,8 mingta, Koson tumani — 9,1 mingta, Qamashi tumani — 9,1 mingta, Olmazor tumani — 9 mingta hamda Asaka tumani — 8,3 mingta tug‘ilish bilan top o‘ntalikni yakunladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida respublikada 15,6 mingdan ortiq egizaklar tug‘ilgani haqida yozgandi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1815 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ulardan 921 nafari o‘g‘il, 894 nafari qiz bola.