Andijon viloyati hokimligi va sudida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Nigoraxon Yunusova hokim o‘rinbosari, Adhamjon Mirzayev esa viloyat sudi raisi etib tayinlandi
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyatida Nigoraxon Yunusova hokim o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Adhamjon Mirzayev esa viloyat sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Nigoraxon Yunusova 1981-yilda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2003-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Ushbu tayinlovga qadar u Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Andijon filiali direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2026-yil 3-martdagi farmoyishiga muvofiq, Adhamjon Mirzayev besh yil muddatga Andijon viloyati sudining raisi lavozimini egalladi. 1981-yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan Mirzayev, bungacha Namangan viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekisan Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek