
Angliya kubogi chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Musobaqaning markaziy o‘yinida «Manchester Siti» va «Liverpul»ni kuch sinashadi.
Xosep Gvardiola shogirdlari nimchorak finalda «Nyukasl»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Ularning raqibi «Liverpul» ham xuddi shunday hisobda «Vulverhempton» ustidan g‘alaba qozongan. Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ushbu to‘qnashuv turnirning yarim final ishtirokchilarini aniqlab beradi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, uchinchi liga autsayderi «Port Veyl» o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi o‘ynaydi. Premyer-liga peshqadami «Arsenal» esa Chempionship vakili «Sautgempton» bilan mehmonda kuch sinashadi. «Lids» esa «Vest-Hem» hamda «Brentford» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

«Manchester Siti»ni mart va aprel oylarida o‘ta murakkab va tig‘iz uchrashuvlar kutib turibdi. Jamoa 11-martdan 19-aprelga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Real Madrid» bilan ikki marta, shuningdek, «Arsenal», «Liverpul» va «Chelsi» klublariga qarshi ketma-ket maydonga tushishi lozim. Ular Chempionlar ligasi hamda barcha ichki turnirlarda top-jamoalarga qarshi sinovdan o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nottingem Forest» bilan durang qayd etgani haqida xabar bergan edi.