APL futbolchilarining narxlari yangilandi: Husanov-chi

10-mart 2026 12:13 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: mancity.com

Transfermarkt portali Angliya Premyer ligasida harakat qilayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati o‘zgarishsiz qolib, 35 mln yevroni tashkil etmoqda. 22 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 25 ta o‘yinda qatnashdi. U maydonda jami 1,7 ming daqiqa harakat qilgan.

Foto: Manchester Evening News

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Premyer liganing eng qimmat futbolchisi maqomini 200 mln yevro narx bilan «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand saqlab qolgan. Ikkinchi o‘rinni «Arsenal»ning 27 yoshli a’zosi Deklan Rays 120 mln yevro qiymat bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni narxi 10 mln yevroga arzonlab, hozirda 120 mln yevroga baholanayotgan yana bir «Arsenal» futbolchisi Bukayo Saka yakunlab bergan.

Foto: FourFourTwo

Shuningdek, reytingda narxi keskin pasaygan o‘yinchilar ham qayd etilgan. O‘tgan mavsum «Nyukasl» safida yorqin o‘yin ko‘rsatib, 23 ta gol urgan Aleksandr Isak «Liverpul»ga o‘tgach, natijalari pasaygan. Hujumchi 16 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta assist qayd etgan bo‘lib, uning qiymati 20 mln yevroga tushib ketgan va 100 mln yevroni tashkil etmoqda.

Foto: BBC

Jarohati sababli ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan «Chelsi» a’zosi Koul Palmerning transfer narxida ham 10 mln yevrolik pasayish kuzatilgan. Hozirda 110 mln yevroga baholanayotgan Palmer joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda 10 ta gol va 3 ta assist amalga oshirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodovning transfer narxi ikki million yevroga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek