Apple yangi emojilarni taqdim etdi

10-mart 2026 18:04 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

Apple iOS 26.4, iPadOS 26.4 va macOS Tahoe 26.4 tizimlarining dasturchilar uchun beta-versiyasida sakkizta yangi emoji taqdim etdi. Bu haqda MacRumors nashri xabar berdi.

Foto:  Apple/9to5mac

Yangi emojilar qatoriga trombon, xazina sandig‘i, shishgan yuz, yeti, janjal buluti, kosatka (qotil kit), ko‘chki hamda gender jihatdan neytral balerun/balerina tasviri kiritilgan. Bundan tashqari, kurashayotgan odamlar va quyon kostyumidagi insonlar emojilari uchun yangi teri ranglari variantlari ham qo‘shilgan.

Mazkur emojilar Unicode 17 yangilanishi tarkibiga kiradi. Ushbu standartning dastlabki versiyasi 2025-yil kuzida taqdim etilgan edi.

Odatda Apple yangi emojilarni qurilmalarga joriy etish uchun bir necha oy vaqt sarflaydi. Bunga sabab — har bir emoji uchun kompaniya alohida dizayn yaratadi.

An’anaga ko‘ra, yangi emojilar Apple qurilmalariga bahor mavsumida, ko‘pincha tizimning x.4 yangilanishlari orqali qo‘shiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple M5 chipli MacBook Air noutbuklarini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek