Avto

Chevrolet Captiva avtomobili Rossiyada qanday narxda sotiladi

Model Rossiya bozoriga BAA orqali olib kelinmoqda
Chevrolet Captiva avtomobili Rossiyada qanday narxda sotiladi
Foto: Chevrolet

Rossiyada amaliy va oilaviy krossoverlardan biri bo‘lgan Chevrolet Captiva avtomobili yana savdoga qaytdi. Bu haqda «Avtonovostidnya» nashri xabar bermoqda.

Model Rossiya bozoriga BAA orqali olib kelinmoqda. Narxi esa taxminan 2,15 mln rubldan boshlanadi. Yangi Captiva besh va yetti o‘rindiqli versiyalarda taklif qilinyapti. Eng arzon taklif Tver shahrida qayd etilgan. U yerda yetti o‘rindiqli Premier komplektatsiyasidagi avtomobilni 2,15 mln rubl ($23,5 ming)ga olib kelish mumkin.

Foto: Chevrolet

Mazkur komplektatsiyada charm salon, charm rul, LED optika, iqlim nazorati va kruiz nazorati mavjud. Shuningdek, atrofni ko‘rish kameralari, parktroniklar, kalitsiz kirish tizimi va AutoHold funksiyali elektron qo‘l tormozi ham bor. Multimedia tizimi vertikal sensor ekran bilan jihozlangan. Bundan tashqari, avtomobilda lyuk va 18 dyuymli yengil qotishma disklar ham mavjud.

Vladivostokda esa mato salonli yetti o‘rindiqli Captiva 2,25 mln rubl ($24,6 ming)ga buyurtma asosida yetkazib beriladi. Zabaykalskda narx 2,276 mln rubl ($24,9 ming), Blagoveshensk va Moskva viloyatidagi Odintsovoda esa 2,35 mln rubl ($25,7 ming) atrofida.

Simferopolda krossover narxi 2,43 mln rubl ($26,6 ming)ga yetadi. Ximkida esa 2021-yilda ishlab chiqarilgan Captiva 2,45 mln rubl ($26,8 ming)ga sotilmoqda.

Foto: Chevrolet

Ba’zi avtomobillar allaqachon sotuvda mavjud. Masalan, Moskvada 2023-yilgi Captiva 2,65 mln rubl ($29 ming)ga taklif qilinmoqda. Narxga yetkazib berish, bojxona rasmiylashtiruvi va broker xizmatlari ham kiritilgan. Irkutskda esa yetti o‘rindiqli Premier versiyasi 2,95 mln rubl ($32,3 ming)ga sotilmoqda.

Barcha Captiva modellari bir xil dvigatel bilan jihozlangan. U 1,5 litrli turbobenzinli Daewoo S-TEC III LJO dvigatelidir. Uning quvvati 147 ot kuchiga teng. Dvigatel uzluksiz variator uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Avtomobil faqat old g‘ildirakdan tortish tizimiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker avtomobili uchun chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgan edi.