Chevrolet Cobalt narxida ayollar uchun pushti rangdagi avtomobil namoyish qilindi

10-mart 2026 22:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Geely

Belarusda BelGee kompaniyasi 8-Mart munosabati bilan pushti rangdagi Geely EX2 elektromobilining cheklangan seriyasini taqdim etdi. Maxsus versiya atigi 89 dona ishlab chiqariladi, deb yozmoqda Tarantas News nashri.

Avtomobilning narxi o‘zgarmagan – 39,9 ming Belarus rubli (taxminan $12,2 ming). Kompaniya maxsus dizaynga qaramay, modelni bazaviy narxda taklif qilmoqda.

Foto: Geely

Texnik jihatdan elektromobil o‘zgarishsiz qolgan. U 395 kmgacha yurish zaxirasiga ega, orqa g‘ildirakdan tortuvchi tizim va mustaqil osma bilan jihozlangan. 1.66C tezkor zaryadlash texnologiyasi yordamida batareya 30 foizdan 80 foizgacha 21 daqiqada to‘ldiriladi.

Salonida Flyme Auto multimedia tizimi, ikkita HD ekran hamda sovuq iqlim uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha qulayliklar mavjud. Bagaj hajmi esa umumiy hisobda taxminan 1400 litrni tashkil etadi: asosiy bagaj bo‘limi 1320 litr, old bagaj esa 70 litr.

Xavfsizlik tizimlari qatorida adaptiv kruiz-nazorat va favqulodda tormozlash tizimi mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Gentra narxidagi Kia Sportage sotuvga chiqayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek