Yangiliklar

Dollar tushdi: 11-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Hafta davomida dollar 174 so‘mga oshdi
Foto: Depositphotos

11-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

3-mart kuni 18,39 so‘mga oshib, 12 190,57 so‘mni tashkil etdi. 4-mart kuni 19,29 so‘mga oshib, 12 209,86 so‘mga yetdi. 5-mart kuni dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni, 6-mart kuni esa 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni tashkil qildi. 10-mart kuni dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mga yetgandi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 55,28 so‘mga oshib, 14 166,65 so‘mni, rubl 0,22 so‘mga tushib, 153,98 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.