
Honda kompaniyasi Xitoyda Honda HR‑V avtomobilining narxini keskin pasaytirdi. Model 109,9 ming yuan ($15 ming)dan taklif qilinmoqda.
Aksiya Dongfeng Honda tomonidan e’lon qilingan kampaniya doirasida HR-V bilan birga Honda Civic modeli ham maxsus moliyaviy shartlar bilan sotilmoqda. Xaridorlarga besh yilgacha bo‘lgan bo‘lib to‘lash imkoniyati taklif etilmoqda. Kreditning dastlabki ikki yili 0 foiz stavkada beriladi. Bundan tashqari, taklifni davlat va hududiy trade-in subsidiyalari bilan ham birlashtirish mumkin.
Aksiya 31-martgacha amal qiladi. Eng katta chegirma aynan HR-V modeliga berildi. Endi krossover 109 900 – 125 900 yuan ($15 – 17,3 ming) oralig‘ida sotilmoqda. Avval uning rasmiy narxi 159 900 – 175 900 yuan ($22 – 24 ming) edi.
Yangi HR-V joriy yil boshida taqdim etilgan. Avtomobil 1,5 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Uning quvvati 184 ot kuchini tashkil qiladi. Dvigatel CVT variator uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Kompaniya aksiya doirasida Civic modelining yangi narxlarini hozircha ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honda Accord avtomobilining narxi deyarli 15 ming dollarga pasaygani haqida yozgan edi.