Yangiliklar

iPhone Fold qanday ko‘rinishda bo‘ladi

iPhone Fold modelining 3D rasmlari tarmoqlarda paydo bo‘ldi
Foto: TechSpot

Apple kompaniyasining uzoq kutilgan ilk buklanuvchi smartfoni bo‘lishi kutilayotgan iPhone Fold dizaynining 3D tasvirlari internetga tarqaldi. Qurilma kitob ko‘rinishida ochilishi va raqobatchilariga nisbatan ancha yupqa bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Foto: AppleInsider

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonning asosiy xususiyati ixcham sharnir mexanizmi hisoblanadi. Buning natijasida ichki ekrandagi buklanish chizig‘i deyarli sezilmaydi. Ichki displey diagonalining 7,5—8 dyuym (20,3 sm) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, ichki ekranda old kamera ko‘zda tutilmagani va selfi uchun tashqi displeydan foydalanilishi taxmin qilinmoqda.

Foto: AppleInsider

Orqa panelda iPhone Air modeliga o‘xshash qo‘shaloq kamera bloki joylashgan. Qurilmaning taqdimoti 2026-yilning kuzida bo‘lib o‘tishi mumkin. Narx masalasida aniq rasmiy ma’lumot yo‘q, biroq mutaxassislar uning boshlang‘ich narxi $1,9 mingdan kam bo‘lmasligini prognoz qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone Fold Apple tarixidagi eng katta batareyaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.