Yangiliklar

O‘zbekistonda IT-viza berish tartibi yangilandi

Yangi moliyaviy talablar ham joriy etildi
IT Park
O‘zbekistonda IT-viza berish tartibi yangilandi / Foto: IT Park

Xorijiy investorlar, mutaxassislar va startap loyihalari ishtirokchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida IT-viza berish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Endi axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislar, texnopark rezidentlarining ta’sischilari yoki ularning rahbarlari, raqamli startaplar dasturi ishtirokchilari va mutaxassislarga IT-viza beriladi. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ilmiy darajaga ega xorijiy professor-o‘qituvchilar ham IT-vizaga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, IT-viza berish uchun yangi moliyaviy talablar joriy etildi. Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsni kamida $30 ming ekvivalentida moliyalashtirishi yoki ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi kamida $30 mingni tashkil etishi shart.

Technopark rezidentining ta’sischisi sifatida belgilanish uchun esa jismoniy shaxs, ushbu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi kamida $30 mingni tashkil qilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalarining qancha soliq to‘lagani haqida yozgan edik.