Porsche Panamera va Taycan modellarini birlashtirishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangi sedan ichki yonuv dvigateli, gibrid va elektr versiyalarini o‘z ichiga oladi
Foto: Autocar

Porsche kompaniyasi rivojlanish xarajatlarini qisqartirish maqsadida o‘zining Panamera va Taycan sedanlarini yagona model qatoriga birlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Carscoops nashri xabar bermoqda.

Foto: Autocar

Ushbu ehtimoliy qaror platformalarni ishlab chiqishdagi kechikishlar sababli ko‘rilgan 1,8 mlrd yevro miqdoridagi zarar bilan bog‘liq. O‘tgan yili ichki yonuv dvigatelli Panamera 27,7 ming nusxada sotilgan bo‘lib, bu Taycan ko‘rsatkichidan (16,3 mingta) qariyb 70 foizga ko‘pdir. Taycan savdosi so‘nggi ikki yilda keskin pasaygan.

Foto: Car Magazine

Yangi avlod sedani yoqilg‘i turiga qarab ikkita arxitekturaga asoslanadi. Ichki yonuv dvigateli va gibrid versiyalar PPC arxitekturasida, to‘liq elektr modellari esa yangi SSP Sport platformasida qurilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu yondashuv hozirda Macan va Cayenne modellarida qo‘llanilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mexanik uzatmaga ega Porsche 911 taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek