
2025-yilda 37,4 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili tashqi bozorlarga eksport qilindi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ «Kursiv»ga ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet brendi ostidagi 43,3 mingta avtomobil xorijga eksport qilingan. Shuningdek, 3,7 ming dona Onix, 1,2 ming dona Tracker, 382 dona Captiva, 162 dona Damas, 153 dona Labo hamda 136 dona Tahoe sotilgan.
Jadval:
| Model | Eksport qilingan avtomobillar soni |
|---|---|
| Cobalt | 37 486 |
| Onix | 3 726 |
| Tracker | 1 257 |
| Captiva | 382 |
| Damas | 162 |
| Labo | 153 |
| Tahoe | 136 |
| Jami | 43 302 |
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari uchun asosiy eksport bozorlari Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobili yana qaysi davlatlarda sotilishi haqida yozgan edi.