Avto

Cobalt, Onix: O‘zbekistonda ishlab chiqilgan qaysi avtomobillar chet elga sotilmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet brendi ostidagi 43,3 mingta avtomobil xorijga eksport qilingan
Qancha o‘zbek Cobalt’i chet elga eksport qilindi: statistika
Rasm SI yordamida sayqallangan

2025-yilda 37,4 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili tashqi bozorlarga eksport qilindi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet brendi ostidagi 43,3 mingta avtomobil xorijga eksport qilingan. Shuningdek, 3,7 ming dona Onix, 1,2 ming dona Tracker, 382 dona Captiva, 162 dona Damas, 153 dona Labo hamda 136 dona Tahoe sotilgan.

Jadval:

ModelEksport qilingan avtomobillar soni
Cobalt37 486
Onix3 726
Tracker1 257
Captiva382
Damas162
Labo153
Tahoe136
Jami43 302

Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari uchun asosiy eksport bozorlari Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobili yana qaysi davlatlarda sotilishi haqida yozgan edi.