Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jasur Sanjarovich Tursunov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, tuman hokimi lavozimiga yangi nomzod tasdiqlandi.
Sessiya davomida deputatlar Jasur Sanjarovich Tursunov nomini Qarshi tumani hokimi lavozimiga ma’qulladr. U ushbu lavozimda boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan Zoir Aliqulovning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Jasur Tursunov 1979-yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U tayinlovga qadar Chiroqchi tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Shuningdek, u o‘z faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifalarida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimligi va sudida yangi tayinlovlar amalga oshirilgan edi.