
Samsung kompaniyasi arzon narxdagi Galaxy M17e smartfonining rasmiy promo-materiallarini e’lon qildi. Qurilma Galaxy A17 modeliga muqobil sifatida bozorga chiqarilmoqda.
Yangi smartfon 1600×720 pikselli va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran bilan jihozlanadi. Uning asosiy kamerasi 50 megapikselli datchik va 2 megapiksel bo‘lsa, old kamera aniqligi 8 megapikselni tashkil etadi.

Qurilmaning qalinligi 8,2 mm bo‘lishiga qaramay, unga 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfon Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi, yon qismida barmoq izi skaneri mavjud va IP54 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Ishlab chiqaruvchi operatsion tizim uchun oltita yirik yangilanish va olti yillik xavfsizlik patchlarini taqdim etishini ma’lum qildi. Galaxy M17e taqdimoti 17-martga belgilangan bo‘lib, Hindiston bozoridagi kutilayotgan narxi $162 atrofida ekani taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung eng arzon smartfonlarining narxini oshirgani haqida xabar bergan edi.