
Samsung kompaniyasi Galaxy S26 flagman qurilmalarida yangi xavfsizlik funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Fevral oyidagi xavfsizlik patchi o‘rnatilganidan so‘ng, foydalanuvchilar sozlamalarda «Idle Auto Restart» (Faolsiz holda avtomatik qayta yuklash) nomli yangi kalitni ko‘rishlari mumkin.
Yangi funksiyaning ishlash prinsipi sodda bo‘lib, agar smartfon ekrani bloklangan holda 72 soat davomida ishlatilmasa va shu vaqt ichida qurilmani ochishga urinish bo‘lmasa, tizim avtomatik ravishda qurilmani qayta yuklaydi. Jarayon butunlay fon rejimida, foydalanuvchi aralashuvisiz amalga oshadi.
Asosiy maqsad — qurilma ma’lumotlarini yanada xavfsiz saqlash. Qayta yuklashdan so‘ng operatsion tizim yuksak xavfsizlik rejimiga o‘tadi. Shu holatda telefon bildirishnomalardagi ma’lumotlarni ko‘rsatmaydi, ba’zi soat signalini bloklaydi va qo‘ng‘iroq qiluvchilarning ismlarini yashiradi.
Qurilmani odatdagi ishlash holatiga qaytarish uchun egasi yoki qurilmani olgan shaxs ekran va SIM-kartani blokdan chiqarish uchun parol yoki PIN-kodni kiritishi shart. Ushbu yangi funksiya foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilish va qurilmani xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung cho‘ziluvchan ekranli yangi smartfonni namoyish etgan edi.